Yangi "o'rindiq" muborak, Joze! (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304

Angliya Kubogining 3-bosqichida «Tottenxem» safarda kamtargina hisoblangan «Marin» jamoasi mehmoni bo'ldi. Uchrashuv Joze Mourino shogirdlarining 5:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
«Shporlar» matbuot xizmati klubning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasi orqali portugaliyalik mutaxassis jamoani oddiy stulda o'tirib boshqarayotgani aks etgan fotosuratni joyladi.
Koronavirus cheklovlari tufayli muxlislar ushbu o'yinni stadiondan bevosita kuzata olishmadi, shuning uchun, ikki nafar muxlis o'yinni to'siqlar ortidan kuzatishga majbur bo'ldi.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, «Marin» Shimoliy Premer-liganing G'arbiy birinchi divizionida ishtirok etadi, bu Angliyaning sakkizinchi divizioni sanaladi.
Marineho cam ????#THFC ⚪️ #COYS pic.twitter.com/C4K30BWkyC
— Tottenham Hotspur (@SpursOfficial) January 10, 2021
Bosh sahifaga
289