Farhod Abdullaev BAAdagi seminarda instruktorlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasi tomonidan (Video Assistant Referee) video yordamchi hakamlarni tayyorlash bo'yicha nazariy-amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.
E'tiborli jihati, mazkur seminarga o'zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev yo'riqchilik qilmoqda. Shuningdek, hamyurtimizga Saudiya Arabistonidan Ali Al Traifi va shveytsariyalik mutaxassis Manuel Navvaro ko'maklashmoqda.
Amaliy mashg'ulotlar BAA FA maydonida, teoriya darslari esa Intercontinental Dubai Festival City mehmonxonasida 66 nafar hakam uchun tashkil etilyapti.
Seminar qatnashchilari dolzarb mavzularda, xususan, jarima maydonchasidagi qoida buzishlar, ofsayd, taktik qoidabuzarliklar bo'yicha o'z malakalarini oshirmoqda.
Manba: ufa.uz
Bosh sahifaga
160