PSJ o'z etakchisiga yangi shartnoma tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

Parijliklar o'zining asosiy etakchisii Neymar bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida, deb xabar bermoqda Telefoot.
Hujumchining vakillari bir necha hafta davomida amaldagi Frantsiya chempioni bilan dastlabki kelishuvlarni olib borishmoqda va tez orada tomonlar rasmiy muzokaralarga qo'l urishadi. 28 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik yulduz joriy mavsum PSJ safida 7 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va shuncha muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirdi. Oldinroq, Neymar Lionel Messi bilan bir jamoada o'ynashni xohlashini aytgandi.
Manba: futbol.24Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
161