Sherzod Temirov: "Mash'al" doim qalbimda qoladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Avvalom bor meni yaqindan qo'llab-quvvatlagan murabbiylarga klub ishchi hodimlariga va qadirdon bo'lgan muhlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Meni “Mash'al” jamoasi taklif qilgan Ilhom Qurbonovoga kattadan katta rahmatlar aytaman. «Mash'al» nafaqat menga, balki butun o'zbek futboliga juda katta hissa qo'shmoqda.
Ochig'i “Paxtakor”dek jamoadan taklif tushganidan hayron qoldim. Bu jamoada O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari to'p suradi va ular faqat chempion bo'lish uchun harakat qilishadi. “Paxtakor” jamoasida futbol o'ynash esa har bir futbolchining orzusi deb o'ylayman. Men “Paxtakor” jamoasiga qo'limdan kelguncha yordam berib jamoaning etakchi futbolchilaridan bo'lishga harakat qilaman. Aslida esa meni bu darajaga etishimga “Mash'al” futbol klubi alohida o'rin tutadi. «Mash'al» abadiy yuragimda qoladi va men jamoadan umirbod qarzdorman.
Manba: "Mash'al" matbuot xizmati
Bosh sahifaga
265