Konte: "Men "Xohlayman" degan so'zni ishlata olmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Milanliklar murabbiyi Antonio Konte jamoaning transferlar borasidagi rejasi haqida fikr bildirdi.
«Men joriy mavsum transferlar oynasi uchun "xohlayman" degan so'zni ishlata olmayman.
Avgustda menga klubning rejalari haqida aytishdi. Biz aprelda Ashraf Hakimini sotib oldik va jamoaga boshqa hech kimni taklif etmadik.
Strategiyamiz oddiy, bizga yangi futbolchilar kerak emas. Qo'l ostimda kim bo'lsa, shular bilan ishlayman. Yutuq va kamchiliklarimiz etarli. Rahbariyatning aytishicha, o'tgan transferlar oynasidagi "Inter"ning faolligi ushbu mavsumda amalga oshmaydi.» deya italiyalik mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi Dazn
Ma'lumot uchun «neradzurrilar» A Seriyada 37 ochko bilan 2 o'rinni band etib turibdi.
Manba: Dazn
Bosh sahifaga
221