O'runov ortga qaytishi mumkin!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

Moskvaning «Spartak» klubi yarim himoyachisi, hamyurtimiz Oston O'runov jamoasini o'zgartirishi mumkin.
«Sport-Ekspress» nashrining yozishiga qaraganda, yurtdoshimiz sobiq jamoasi - «Ufa» jamoasiga qaytishi mumkin.
O'runov ijaraga berilishi yoki sotib yuborilishi mumkin. Qayd etilishicha, tomonlar ayni paytda maslahatlashishmoqda va agar klublar umumiy til topisha olsalar, u holda ushbu transfer katta ehtimol bilan amalga oshadi.
Joriy mavsum O'runov «Spartak» tarkibida 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita sariq kartochka oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196