La Liga klubi o'z bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Ispaniyaning "Sevilya" klubi rasmiy sayti tarqatgan ma'lumotga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan shartnoma 2024 yilning yozigacha uzaytirildi. Lopetegining amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan edi.
Qayd etish kerakki, 54 yoshli ispaniyalik mutaxassis o'tgan mavsum "Sevilya" klubi bilan birgalikda Evropa Ligasini qo'lga kiritgan edi.
«Sevilya» klubi joriy mavsum yaxshi o'ynamoqda. Andalusiyaliklar EChL guruh bosqichidan chiqishdi, ikki o'yin kam o'ynagan holda La Ligada 6-o'rinda borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196