Kosta APLda o'ynashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251

«Atletiko» sobiq futbolchisi, hozirda erkin agent hisoblangan Diego Kosta faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Unga «Vulverhempton» klubi qiziqish bildirayotgani to'g'risida xabar bergan edik. Biroq muzokaralarning oxirgi bosqichi hali ham ochiqligicha qolmoqda.
Shu bilan birga «bo'rilar» Diegoni to'liq xarid qilishlari uchun futbolchining ayrim shartlarini bajarishlariga ham to'g'ri keladi.
Jumladan Kosta Angliyada haftasiga 277 ming evro maosh olishni istaydi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik forvard joriy mavsum «matraschilar» safida 7 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212