"Arsenal" yangi darvozabon topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249

Londonning «Arsenal» klubi yanvar oyida «Brentford» darvozaboni David Raya bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Angliya matbuoti xabar tarqatmoqda.
«Kanonirlar» o'tgan yilning sentyabr oyida ham ushbu darvozabonni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgandi, biroq, "to'pchilar" Chempionship jamoasidan rad javob olishgandi. Endi londonliklar yana muzokaralarni qayta tiklashmoqchi. Transfermarkt portali 25 yoshli ispaniyalik darvozabonning transfer narxini 9 million evro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsum Raya 21 ta o'yinda maydonga tushdi va 19 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209