La liga. «Vilyarreal» «Selta» ustidan yirik hisobda mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarildi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 483

Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tdi. «Vilyarreal» klubi Vigo shahrida «Selta» klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
"Sariq suvosti kemasi" birinchi bo'limning o'zidayoq 4ta to'p yo'llab, o'yin taqdirini hal qilib qo'yishdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Vilyarreal" o'z ochkolarini 32taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ispaniya chempionati, 18-tur
Selta – Vilyarreal 0:4 (0:4, 0:0)
Gollar: 0:1 – 5 Jerar Moreno, 0:2 – 14 Moyses Gomes, 0:3 – 19 Parexo, 0:4 – 31 Fer Nino.
Selta – Ruben Blanko, Malo, Arauxo, Murilo, Olasa, Yokushlu, Beltran (Gonsales, 73), Denis Suares, Baesa (Xolsgrouv, 46), Mendes, Santi Mina.
Vilyarreal – Asenxo, Penya, Albiol, Pau Torres, Pedrasa (Kosta, 86), Trigeros (Koklen, 86), Kapu (Chukvueze, 66), Parexo, Moyses Gomes (Bakka, 79), Jerar Moreno, Fer Nino (Pino, 66).
Ogohlantirish: Mendes (58).

Bosh sahifaga
165