Bundesliga. «Myonxenglabdax» «Bavariya» ustidan irodali g'alabaga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

Germaniya chempionatining 15-turiga kecha start berildi. Ilk o'yinda «Bavariya» Myonxengladbaxda «Borussiya» klubi mehmoni bo'ldi.
«Borussiya Park» stadionida bo'lib o'tgan o'yin gollarga boy bo'ldi. Myunxenliklar birinchi bo'lim o'rtalarida Robert Levandovski va Leon Gorettska gollari evaziga 21ta to'p farqi bilan oldinga o'tib olishdi. Ammo mezbonlar tanaffusga qadar Hofmanning dubli evaziga tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishdi.
Gladbaxliklar ikkinchi bo'limda Florian Noyxausning goli tufayli oldinga o'tib olishdi. Ushbu gol "Borussiya M"ning g'alabasi uchun etarli bo'ldi. Shu tariqa, mezbonlar 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi.
Natijada Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoaning 20ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo'yildi.
Ushbu g'alabadan keyin «Borussiya» ochkolarini 24 taga etkazib olib, 7-pog'onadan joy oldi. «Bavariya» (33) esa mag'lubiyatga qaramay birinchi o'rinda bormoqda.
Bundesliga, 15-tur
8 yanvar, juma
«Borussiya M» — «Bavariya» 3:2
Gollar: 0:1 – 20, penalti Levandovski, 0:2 – 26 Gorettska, 1:2 – 35 Hofmann, 2:2 – 45 Hofmann, 3:2 – 49 Noyxaus.
«Borussiya M»: Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Bensebayni (Yanchke, 89), Zakariya (Herrmann, 74), Hofmann (Vendt, 89), Kramer, Noyhaus, Shtindl (Volf, 82), Embolo.
«Bavariya»: Noyer, Pavar, Alaba, Zyule, Devis, Duglas Kosta (Koman, 68), Gorettska, Kimmix, Myuller, Levandovski, Sane.
Ogohlantirishlar: Ginter (62), Zyule (63).

Bosh sahifaga
241