Angliya liga kubogi. «Liverpul» «Aston Villa» yoshlarini mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Angliya kubogining 3-bosqichida «Liverpul» 8 yanvar, juma kuni «Aston Villa» mehmoni bo'ldi.
Bahsda Mersisayd klubining qo'li baland keldi. Sadio Mane dublga erishdi, Muhammad Saloh va Jorjino Veynaldum esa bittadan golga mualliflik qildi. «Aston Villa»ning yagona goli Lui Berri tomonidan urildi.
Yuqoridagi o'yin bilan parallel vaqtda o'tgan «Vulverhempton» — «Kristal Pelas» bahsida «bo'rilar» 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga Adama Traore mualliflik qildi.
Shu tariqa «Liverpul» va «Vulverhempton» musobaqaning 1/16 finaliga yo'l oldi.
Angliya kubogi, 3-bosqich
8 yanvar, juma
«Aston Villa» — «Liverpul» 1:4
Gollar: 0:1 – 4 Mane, 1:1 – 41 Berri, 1:2 – 60 Veynaldum, 1:3 – 63 Mane, 1:4 – 65 Saloh.
«Aston Villa»: Onodi, Heyden, Uoker (Rou, 75), Rivan, Krayzin (Yang, 61), Rayxi (Sona, 65), Rou (Svinkels, 75), Dialla, Bogarde (Lindli, 66), Berri, Brij.
«Liverpul»: Kelleher, Milner, Uilyams, Uilyams, Mane (Origi, 74), Veynaldum, Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 74), Jons (Firmino, 61), Minamino (Shakiri, 61), Henderson (Tiago Alkantara, 46), Fabino.
Ogohlantirish: Jons (44).
«Vulverhempton» — «Kristal Pelas» 1:0
Gol: 1:0 – 35 Traore.

Bosh sahifaga
239