Osiyoning 2020 yildagi eng yaxshi yosh o'yinchisi nomiga da'vogarlar e'lon qilindi. Undan uch nafar O'zbekiston vakili o'rin oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 552

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaning 2020 yildagi eng yaxshi yosh o'yinchisi nomiga da'vogarlarni ma'lum qildi.
20 nafar nomzoddan uch nafari o'zbekistonlik futbolchilar bo'ldi. Unga ko'ra, «Nasaf» hujumchisi Bobur Abduxoliqov, «Shabob al-Ahli» yarim himoyachisi Azizjon G'aniev va «Shaxtyor Soligorsk» forvardi Jasur Yaxshiboev yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lish uchun kurash olib boradi.
Quyida barcha nomzodlar bilan tanishing:
Du Jay Von («Ulsan Hyunday», Janubiy Koreya) Bobur Abduxoliqov («Nasaf», O'zbekiston) Kaori Mitoma («Kavasaki Frontale», Yaponiya) Abdulloh al-Hamdan («Ash-Shabob», Saudiya Arabistoni) Takehiro Tomiyasu («Bolonya», Yaponiya) Mehdi G'aedi («Istiqlol», Eron) Mohannad Ali («Portimonense» / «As-Sailiya», Iroq) Takefusa Kubo («Malorka» / «Vilyarreal», Yaponiya) Musa at-Ta'mari (APOEL, «OH Lyoven», Iordaniya) Jaroensak Vongorn («Samut Prakan», Tailand) Muhammad Void («Al-Vaqra» / «As-Sadd», Qatar) Rayli Makgri («Adelaida Yunayted» / «Birmingem Siti», Avstraliya) Azizjon G'aniev («Shabob al-Ahli», O'zbekiston) Mehdi Abdi («Persepolis», Eron) Abdulrahmon G'arib («Al-Ahli, Saudiya Arabistoni») Li Kan In («Valensiya», Janubiya Koreya) Safavi Rasid («Johor Varul Ta'zim» / «Portimonense», Malayziya) Son Min Kyu («Pohang Stilers», Janubiy Koreya) Zoid al-Amiri («Al-Jazira», BAA) Jasur Yaxshiboev («Energetik-BGU» / «Shaxtyor Soligorsk», O'zbekiston)OFK rasmiy saytida ovoz berish jarayoni bo'lib o'tmoqda. So'rovnoma 9 yanvarga qadar davom etadi.
Manba: daryo.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242