"Milan" ustozi shartnomasi yakunlanayotgan futbolchilar haqida munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli shartnomasi yakuniga etib borayotgan futbolchilar haqida fikr bildirdi. Gap Zlatan Ibragimovich, Xakan Chalxanoglu va Janluidji Donnarummalar haqida ketyapti.
«Bilaman, klub rahbariyati ushbu futbolchilarni jamoada qolishini xohlamoqda. Muzokaralar olib borilmoqda. Yakuniy qarorni kutyapmiz. Ijobiy tarafi shundaki, barcha tomonlar ijobiy hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Asosiysi, yigitlar fikrlarini jamlab, keraksiz fikrlar bilan chalg'imasliklari kerak», - dedi Pioli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242