Sulsher transfer bozoridagi birinchi xarid haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Amad Dialloni sotib olinishiga izoh berdi.
«Diallo hozircha biz bilan mashg'ulot olib bormadi, so'nggi hujjatlar kecha imzolandi. Albatta, uning tarkibimizga qo'shilganidan xursandman, biz unga o'yin vaqtini taqdim etamiz. Amadda katta umidlar borligini bilaman – bu to'g'ri, chunki u ajoyib futbolchi sanaladi. U moslashib olishi muhim, biz uni shoshtirmaymiz. Agar u birinchi mashg'ulotdayoq asosiy tarkib uchun mosligini isbotlay olsa, u holda albatta, ilk daqiqalardanoq maydonga tushadi», - Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «mankunianliklar» rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206