Mourino: "O'zgalarning xatosi sabab biz aziyat chekmasligimiz kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning fikricha, APLda paydo bo'lgan koronavirusga qaramasdan, "Tottenxem"ning "Aston Villa"ga qarshi o'yini qoldirilmaydi.
«Bizning o'yinimizni qoldirishlari mumkinmas, chunki biz umidsiz vaziyatga tushib qolyapmiz. APL qat'iyat ko'rsatib, vaziyatni o'z qo'liga olishi kerak. O'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun jamoamiz har kuni ishlamoqda, biz barcha qoidaga amal qilyapmiz va o'zgalarning xatosi sabab aziyat chekishni xohlamaymiz. Bu bahsni qoldirmaslik kerak, biz evrokuboklarda o'ynaymiz, keyin esa mavsum tugashi bilan Evropa chempionati boshlanadi. Men gapirmoqchi bo'lgan gaplar - shular», - dedi Mourino Sky Sports bilan suhbatda.
«Aston Villa» va «Tottenxem» jamoalari o'rtasidagi bahs 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
207