Rasman! «Vest Xem» futbolchisi APLning boshqa klubiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Angliyaning "Vest Bromvich" saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Vest Xem"ning 33 yoshli futbolchisi Robert Snodgrass "VB" klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
Snodgrassning transferidan so'ng, «Vest Bromvich» bosh murabbiyi Sem Ellardays quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi: «U bizning jamoamizga tajriba qo'shadi. Robertning ustunlik tarafi shundaki, u chap oyog'ida o'ynaydi, bu jamoani muvozanatlashtiradi. Snodgrassni kiyinish xonasida juda ajoyib ekanligini ko'pchilikdan eshitdim – bu katta bonus».
Joriy mavsum Snodgrass «Vest Xem» tarkibida 6 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198