Pochchetino: "Yangi g'oyalarni singdirish uchun vaqt kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Frantsiyaning «PSJ» klubi yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning taktikasi borasidagi savolga javob berdi.
«Futbolchilarning qanday ishlayotganidan murabbiylar shtabi qoniqish hosil qilmoqda. O'z g'oyalringizni jamoaga singdirish uchun har doim vaqt kerak bo'ladi. «Brest»ga qarshi bo'ladigan o'yinda yangi taktikadan foydalanishimiz haqida aytish qiyin, bu juda ko'p narsalarga bog'liq, jumladan, ko'proq futbolchilarning qanday o'yin namoyish etishiga bog'liq», - dedi argentinalik mutaxassis klub matbuot xizmatiga.
«PSJ» hamda «Brest» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ertaga, ya'ni 10 yanvar kuni soat 01:00da bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210