Ibrohimovich qachon maydonga qaytadi? Pioli javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoadagi jarohat olgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.
«Bennaser va Salemakerslar «Kalyari»ga qarshi bo'ladigan o'yingacha safga qaytishadi. Ular tiklanish jarayonini faol o'tkazishmoqda, barchasi joyi, lekin biz ularni tezroq qaytarishga majburlamaymiz.
Ibragimovich? U juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda, lekin, Zlatan «Torino»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi deb o'ylamayman.
Ko'p sonli jarohatlarga qaramasdan, mashg'ulotlarni davom ettirishimiz kerak. Ko'p futbolchilar yaqinda safga qaytishadi, tarkibda rotatsiya amalga oshiramiz, ozgina sabr qilishimiz kerak», - dedi Pioli Football Italia bilan suhbatda.
Ertaga, 9 yanvar kuni «Milan» o'z maydonida «Torino»ni qabul qiladi.

Bosh sahifaga
221