Rasman! "Real" futbolchi La Liganing boshqa klubiga ko'chib o'tdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314

Madridning «Real» klubi o'z futbolchisi Takefusu Kuboni «Xetafe»ga ijaraga berib yubordi. Ijara muddati shu mavsumning oxirigacha mo'ljallangan. Bu haqda «Xetafe» klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Kubo joriy mavsumning birinchi qismini «Vilyarreal» tarkibida ijara asosida o'tkazgandi.
Kubo «Real»ga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo'shilgan. Yaponiyalik futbolchining «blankoslar» bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi. Takefuse ayni paytda 19 yoshdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221