A Seriyaning uch klubi rossiyalik futbolchiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

"Match TV" tarqatgan ma'lumotga qaraganda, A Seriyaning uchta klubi Moskvaning "Spartak" klubi hujumchisi Aleksandr Kokoringa qiziqish bildirmoqda. Rossiyalik hujumchini "Fiorentina", "Roma" va "Bolonya" klublari qiziqish bildirmoqda.
29 yoshli hujumchi "Spartak" tarkibida 10 ta gol o'tkazdi va 2 ta golga mualliflik qilib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "qizil-oqlar" bilan 2023 yilning 30 iyun kuniga qadar shartnomasi bor.
Avvalroq rossiyalik futbol agenti Yuriy Belous Kokoring MLSdan taklif borligini aytib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226