Rasman! FIFA etti nafar futbolchi almashtirishga ruxsat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

FIFA Qatarda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati paytida jamoalar o'yin davomida qo'shimcha futbolchi almashtirish huquqiga ega bo'lishlarini ma'lum qildi.
Ushbu qo'shimcha futbolchi almashtirish faqatgina futbolchining miyasi chayqalganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Shu tariqa, FIFA miya chayqalishi oqibatida paydo bo'ladigan asoratlar xavfini oldini olmoqchi.
Hisobda, bitta jamoa 7 nafar futbolchisi almashtirish huquqiga ega: 5 ta - asosiy daqiqada, 1 ta - qo'shimcha bo'limlarda va 1 ta - futbolchining miya chayqalishi oqibatida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185