Zeedorf Xabib bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Yaqin o'tmishning afsonaviy futbolchisi Klarens Zeedorf rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov bilan uchrashdi.
«Sen bilan birga vaqt o'tkazish yoqimli bo'ldi, haqiqiy afsona va jentlmen. Otangiz Sizning sportdagi va hayotdagi muvaffaqiyatlaringizni osmondan kuzatib tursin», - deb post qoldirdi Zeedorf o'zining "Instagram"dagi rasmiy sahifasida.
Avvalroq Xabib Klarens Zeedorf o'zining va otasining sevimli futbolchisi bo'lganligini aytgandi.
O'z vaqtida Zeedorf Niderlandiya terma jamoasida, «Ayaks», «Inter», «Real» Madrid va «Milan» klublarida to'p surgan va bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176