Pochettino rahbariyat bilan transferlar borasida gaplashib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291

Parijliklar bosh murabbiyi Mauriso Pochettino klub rahbariyati bilan qishki transferlar borasidagi maqsadlarini aniqlashtirib oladi.
Argentinalik mutaxassis kelasi hafta klub ijrochi direktori Leonardo bilan bu borada gaplashib olmoqchi. Leonardoning rejalariga ko'ra u xaridlar uchun katta summa ajratmoqchi emas.
Shu sababli futbolchilarning o'zaro rokirovkasi amalga oshishi kutilmoqda. Shuningdek, rahbariyat bir qator o'yinchilaridan yaxshigina daromad olmoqchi.
Xususan, Yulian Drakslerning jamoadan ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.
Pochettino esa sobiq shogirdlari Alli hamda Eriksenni jamoaga olib kelmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190