«Bavariya» chempionship futbolchisini nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Chempionship vakili «Reding» klubi o'ng qanot himoyachisi Omar Richards myunxenliklarning qiziqish markazida bo'lib turibdi deya xabar beradi The Athletic.
Manbaga ko'ra «qizillar» 22 yoshli futbolchini yozda shartnomasi tugagach qo'lga kiritmoqchi. Klublar yaqin orada bitimning dastlabki qismlari bo'yicha muzokaralarni boshlaydi.
Richardsning ayni paytdagi transfer narxi taxminan 2 millionga baholanmoqda. U joriy mavsum 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, samarali natija qayd etmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244