"Paxtakor" ikki nafar futbolchi bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

2020 yil jamoamiz sharafini himoya qilgan ikki futbolchining shartnomasi yakuniga etgani sababli hamkorlik to'xtatildi.
Sadriddin Abdullaev uzoq yillik tanaffusdan keyin qadrdon jamoasiga qaytib, ikki mavsum mobaynida "Sherlar" safida to'p tepdi. Jarohatlar sababli ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan Sadriddin 22 bahsda maydonga tushdi.
Javohir Sidiqov so'nggi ikki mavsumda jami 33 o'yinda maydonga tushib, 5 gol muallifiga aylandi. Har ikki o'yinchiga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi ishlariga omad tilab qolamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
129