APL klubi tarkibida koronavirus keskin ko'payib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 589

Angliyaning "Aston Villa" klubi "Liverpul" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan tarkibda koronavirus aniqlanganligi sababli, o'z mashg'ulotlarini bekor qildi.
"Aston Villa" "Bodimur Xit" sport qarorgohini koronavirus avj olganligi sababli yopishga majbur bo'ldi. Angliya Kubogi 1/32 final doirasida "Liverpul" klubiga qarshi bo'ladigan o'yindan oldingi mashg'ulot bekor qilindi.
Klub matbuot xizmatining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, koronavirus uchun topshirilgan so'nggi test tahlillari natijasida tarkibda ushbu infektsiyani yuqtirib olgan futbolchi va xodimlarning soni keskin ortib ketdi.
Klub hozirda Angliya kubogining uchinchi bosqichidan o'rin olgan «Liverpul»ga qarshi o'yinni bekor qilish borasida APL va Angliya futbol assotsiatsiyasi bilan muzokara olib bormoqda.
«Aston Villa» — «Liverpul» uchrashuvi 8 yanvar kuniga belgilangan.

Bosh sahifaga
137