Messi yana bir sovrinni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

Kataloniyaning «Barselona» klubi sardori Lionel Messi Values Award 2020 sovrinini qo'lga kiritdi.
Argentinalik futbolchi Kataloniyadagi Sant Joan de Deu kasalxonasida dunyodagi eng katta bolalar onkologik markazi qurilishiga xayriya qilgani uchun ushbu sovringa loyiq deb topildi.
«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Xavi ham «faoliyati davomida adolatli o'yinlarni targ'ib qilgani uchun» ushbu mukofotni qo'lga kiritdi.
Values Award Ispaniyaning Diario Sport nashri tomonidan tashkil qilingan. Hakamlar hay'ati tarkibiga Ispaniya olimpiya qo'mitasi prezidenti Alexandro Blanko va La Liga prezidenti Xaver Tebaslar kiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
137