«Liverpul» qishki transfer bozoridagi yakuniy qarorni qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 473

Angliyaning «Liverpul» klubi yanvar oyida yangi futbolchi xarid qilmaslikka qaror qilgani haqida Goal.com portali xabar tarqatmoqda.
Jamoa tarkibida Virdjil van Deyk va Jo Gomeslar jarohat olganligi sababli, «qizillar» qishda birorta yangi transferga amalga oshirishi kutilayotgandi.
Biroq, «Liverpul» rahbariyati o'zlarining transfer strategiyasiga zid ravishda shoshilinch xaridni amalga oshirish niyatida emas.
Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi futbolchi xarid qilishdan hech qanday ma'no ko'rmayotganini aytgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
164