"Manchester Siti" futbolchisi uchun APLning uch klubi da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 331

APLning uch klubi Rimning «Latsio» jamoasi bilan «Manchester Siti» futbolchisi Aleksandr Zinchenko uchun kurashishga tayyor. Bu haqda Angliya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Manbalarning yozishiga qaraganda, Zinchenkoga «Sautgempton», «Lester» va «Vest Xem» klublari da'vogarlik qilishmoqda.
Qayd etish kerakki, so'nggi paytlarda Zinchenko «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ishonchiga kirib qoldi. Aleksandr APL doirasida «Chelsi» (3:1) klubiga qarshi o'yinda va Angliya Liga Kubogi doirasida «Manchester Yunayted» (2:0) jamoasiga qarshi o'yinlarda asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
153