A Seriyada bosh murabbiy iste'fosi ro'y berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235

Italiyaning «Parma» klubi jamoa bosh murabbiyi Fabio Liveranini rasman iste'foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Iste'foning sababi – jamoaning joriy mavsumdagi yomon natijasi bo'ldi. Ayni paytda «Parma» A Seriya turnir jadvalining 18-pog'onasini band etib turibdi.
Mish-mishlarga qaraganda, «Parma»ni Roberto D’Aversa qabul qilib olishi kutilmoqda. O'tgan yilning avgust oyida Liverani aynan mana shu mutaxassisning o'rniga kelgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159