"Ayaks" "Vest Xem" hujumchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

"Vest Xem" hujumchisi Sebastyan Aller Amsterdamning "Ayaks" jamoasiga o'tishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar berdi.
Ma'lumot uchun Aller avvalroq Gollandiya chempionatida to'p surgan. U "Utrext" safida 2015-2017 yillarda o'ynagan, shundan so'ng "Ayntraxt"ga o'tgan edi. 2019 yil yozida Aller nemis klubidan "Vest Xem"ga 50 million evro evaziga ko'chib o'tdi.
Eslatib o'tamiz Allerning "Vest Xem" bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209