Pele o'ziga qo'yilayotgan ayblovlarni rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

Futbol qiroli Pele yaqin kunlar davomida u haqida aytilayotgan mish-mishlarning asossiz ekanini ta'kidladi.
Gap shundaki, bir necha kun oldin Krishtianu Ronaldu o'zining faoliyati davomidagi 758-golini urgach, Pelening rekordini yangilagan edi (757). Biroq mashhur afsona o'z Instagram sahifasida o'zining raqamlarini 757dan 1238ga o'zgartirib qo'ygani ovoza bo'lib ketdi.
Pele esa bundayin ayblovlarni rad etdi: «Meni juda ko'pchilik raqamlarni o'zgartirganlikda ayblayapti. Ular bu bilan meni takabburga yo'yishmoqchi. Ammo bular yolg'on, sahifa ochilganidan buyon hech nima o'zgartirilmagan. Men jahon yulduzlarini tan olaman», - deydi Pele.
Manba: goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182