«Milan» o'z rekordini buzib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

Kecha Italiya A Seriyasi 16-turi doirasida «Milan» o'z maydonida «Yuventus»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yganidan xabaringiz bor.
Ushbu mag'lubiyat orqali «rossonerilar» o'zlarining naq 27 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyalarini buzib qo'yishdi. Bundan avval klub o'tgan yilning 8 mart sanasida «Jenoa»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Shundan keyin milanliklar ichki chempionatda 20 g'alaba hamda 7 durang qayd etishdi.
Garchi ushbu turda mag'lubiyatga uchrashganiga qaramay Pioli shogirdlari «Inter»ning ham qoqilishi natijasida hamon turnir jadvalini boshqarib turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
156