APLda hakamni tanqid qilgan murabbiy jarimaga tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

Angliyaning «Vulverxempton» klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu hakam Li Meysonni tanqid qilgani uchun 25 ming funt miqdorida moliyaviy jarimaga tortildi.
Eshpiritu Santu 21 dekabr kuni "Byornli" (1:2) klubiga qarshi o'yinda Meysonni tanqid qilgandi. Nunu hattoki Li Meysonni Angliya Premer-Ligasidagi o'yinlarni boshqarishga loyiq emasligini aytgandi.
Moliyaviy jarimadan tashqari, portugaliyalik mutaxassis yana hakamlarni tanqid qiladigan bo'lsa, u holda yana-da jiddiy sanktsiyalarga tortilishi haqida ogohlantirildi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha Liverpul" ustozi hakamni tanqid qilgani uchun AFA tomonidan jarimaga tortilmagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195