A Seriya. "Milan" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274

Italiya A Seriyasining 16-tur markaziy uchrashuvi "San-Siro" stadionida bo'lib o'tdi.
Turnir peshqadami "Milan" o'z maydonida "Yuventus" futbolchilarini qabul qildi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Pioli shogirdlari joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'lishdi.
"Milan" - "Yuventus" 1:3
7 yanvar, 00.45, «Djuzeppe Meatstsa (San-Siro)»
Gollar: 0:1 – 18 Keza, 1:1 – 41 Kalabriya, 1:2 – 62 Keza, 1:3 – 76 Makkenni.
"Milan" – Donnarumma, Teo, Ker (Konti, 81), Diogu Dalot (Maldini, 81), Kalabriya (Kalulu, 81), Xeuge (Braim Dias, 67), Kessie, Kastilexo (Kolombo, 87), Chalxanoglu, Romanoli, Rafael Leau.
"Yuventus" – Shchensnii, de Ligt, Frabotta (Demiral, 87), Danilo, Bonuchchi, Remzi (Bernardeski, 74), Rabo, Bentankur (Artur, 74), Keza (Kulusevski, 63), Dibala (Makkenni, 64), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bentankur (60), Danilo (72), Romanoli (90).

Bosh sahifaga
195