Angliya Liga Kubogi. "Manchester Siti" "MYu"ni musobaqadan chiqarib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 216

Angliya Liga Kubogining yarim finalida "Manchester Siti" "Old Trafford"ga safar uyushtirdi va "MYu" mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida Stouns hisobni ochdi. 83-daqiqada esa Fernandino hisobni 0:2ga etkazdi.
Shu tariqa, "Manchester Yunayted" yarim finalda ushbu musobaqa bilan xayrlashdi. Gvardiola shogirdlari esa finalda "Tottenxem" bilan bellashadigan bo'ldi.
"Manchester Yunayted" – "Manchester Siti" 0:2
7 yanvar, 00.45, «Old Trafford»
Gollar: 0:1 – 50 Stounz, 0:2 – 83 Fernandino.
"Manchester Yunayted" – Xenderson, Uan-Bissaka, Lindelef, Shou, Maguayr, Pogba, Fred, Maktomini (Grinvud, 75), Brunu Fernandesh, Reshford, Marsyal.
"Manchester Siti" – Steffen, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Gyundogan, Fernandino, Marez (Rodri, 79), de Bryuyne, Sterling, Foden.
Ogohlantirishlar: Fernandino (48), Fred (69), Joau Kanselu (78).

Bosh sahifaga
191