Van Nistelroy bosh murabbiyga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

O'tmishning mashhur hujumchisi Rud van Nistelroy shu yilning iyul oyida Niderlandiyaning "PSV" yoshlar klubi bosh murabbiyiga aylanadi.
«Menga jamoa bilan har kuni ishlash yoqadi. Men bu yo'lni ataylab tanladim va bu kasb men uchun mukammal ekanligini angladim. Futboldagi bilimlarimni boshqalar bilan bo'lishishni yaxshi ko'raman. Oldinga qadam tashlash vaqti keldi. PSV yoshlar jamoasining maqsadi aniq – ko'proq futbolchilarni etkazib berish. Umid qilamanki, men buni uddalay olaman», - dedi 44 yoshli mutaxassis klub matbuot xizmatiga.
Van Nistelroy avval "PSV"ning 19 yoshgacha bo'lgan jamoasida ishlagandi. Bundan tashqari, Rud Frank de Burni Niderlandiya terma jamoasida yordamchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166