A Seriya. "Napoli" sensatsion tarzda o'z maydonida yutqazib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Italiya A Seriyasining 16-tur doirasida "Napoli" o'z maydonida "Spetsiya" klubini qabul qildi.
Uchrashuvning 58-daqiqasida Petanya hisobni ochib, "Napoli"ni oldinga olib chiqdi. Ammo, oradan 10 daqiqa o'tgach Nzola maydon egalari darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tenglashtirdi.
O'yinning 77-daqiqasi Ismoiliy ikkinchi sariq kartochkasini olib, "Spetsiya"ni bir kishi kam qoldirib maydondan chetlatildi. Biroq, ko'rsatilgan qizil kartochka mehmonlarga qo'l keldi va 81-daqiqada Pobega "Napoli" darvozasini ishg'ol qilib, "Spetsiya"ga sensatsion g'alabani olib keldi.
"Napoli" – "Spetsiya" 1:2
6 yanvar, 22.00, «San-Paolo»
Gollar: 1:0 – 58 Petanya, 1:1 – 68, Nzola (penalti), 1:2 – 81 Pobega.
"Napoli" – Ospina, Di Lorentso, Mariu Ruy, Manolas, Maksimovich, Losano, Fabian Ruis (Lorente, 82), Insine, Bakayoko (Elmaz, 76), Politano (Petanya, 52), Zelinski (Lobotka, 76).
"Spetsiya" – Provedel, Markitstsa (Ramos, 90), Vinyali, Ismoiliy, Tertsi, Deyola (Pobega, 46), Agum, Madjore (Saponara, 90), Agudelo (Djasi, 46), Farias (Erlich, 79), Nzola.
Ogohlantirishlar: Ismoiliy(61), Pobega (65), Madjore (72), Di Lorentso (87), Tertsi (88), Manolas (90).
Chetlatish: Ismoiliy (77).

Bosh sahifaga
185