"Roma"ning sobiq darvozaboni jiddiy YTHga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

O'tmishning mashhur darvozaboni, ayni paytda Rimning "Roma" klubida direktor lavozimida ishlayotgan Morgan De Sanktis jiddiy YTHga uchradi.
YTH kecha kechasi Rim shahrida sodir bo'ldi. Sobiq darvozabon qovurg'a va belidan jiddiy jarohat oldi. Shifokorlar De Sanktisni talog'ini olib tashlashga majbur bo'lishdi.
43 yoshli De Sanktis "Peskara", "Yuventus", "Udineze", "Sevilya", "Galatasaray", "Napoli", "Roma" va "Monako" klublari sharafini himoya qilgan. Italiya terma jamoasida esa 6 ta uchrashuv o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
141