"Atalanta" ustozi: "A Seriya qahramoni bo'lmoqchimiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Italiyaning «Atalanta» klubi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini A Seriya doirasida «Parma» (3:0) klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'zimizni juda yaxshi his qilyapmiz. Jamoa Italiya chempionatiga to'g'ri munosabatda yondoshmoqda. Biz A Seriyaning qahramoni bo'lmoqchimiz va bor e'tiborimizni ushbu musobaqaga qaratganmiz.
Men shu jamoada o'ynay olamanmi? Unday deb o'ylamagan bo'lardim, katta ehtimol bilan zahira o'rindig'ida qolib ketgan bo'lardim.
Murielning to'qqizinchi goli? U uchun xursandman, zahiradan maydonga tushib gol kiritish bo'yicha rekordlarni takrorlayapti. U o'z imkoniyatidan foydalanmoqda», - Gasperinining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
146