O'zil "Arsenal"ni shu oyda tark etadi, buni agenti tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mesut O'zilning agenti yanvar oyida mijozi londonliklar tarkibini tark etishini tasdiqladi.
«1 yanvarga qadar hech qanday muzokara olib bormadik, endi esa vaziyat o'zgardi. Ayni paytda biz turli xil variantlarni ko'rib chiqyapmiz.
Aynan qaysi jamoalar tomonidan takliflar borligini ayta olmayman, chunki bu men tarafdan noprofessionallik bo'ladi. O'zil balki «Arsenal»da yozgacha qolishi ham mumkin, balki hoziroq ketishi mumkin. Futbolda barcha narsa tezlik bilan o'zgarib ketishi mumkin.
Mesutning kelajagiga 7-10 kun ichida oydinlik kiritiladi. Hozir transfer bozori ochiq, barcha narsa tez amalga oshib ketmoqda», - dedi Mesut O'zilning agenti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
147