A Seriyada yaqin soatlar ichida iste'fo ro'y beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267

Italiyaning «Parma» klubi yarim soatlar ichida bosh murabbiyi Fabio Liveranining iste'fosini e'lon qiladi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Liverani ko'rsatilayotgan natijalar yomonlashib ketganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi. Bugun «Parma» A Seriya doirasida «Atalanta» (0:3) klubidan navbatdashi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Manbaning yozishicha, «Parma» rahbariyati Liveranini o'rniga Paulo Souzani taklif qilishmoqchi. Ayni paytda «Parma» turnir jadvalining 17-pog'onasini band etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249