A seriya. Shomurodovning goli «Jenoa»ni mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Italiya chempionatining 16-turi doirasida "Jenoa" safarda "Sassuolo" klubi mehmoni bo'lib, imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lim boshida esa mezbonlar futbolchisi Jeremi Boga "Jenoa" himoyachisini aldab o'tib, jarima maydoniga kirdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi.
Bahsning 64-daqiqasida esa genuyaliklar hisobni tenglashtirishdi. O'ng qanotdan Gilone etkazgan uzatmani Eldor Shomurodov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Uchrashuv tugashiga 7 daqiqa qolganida esa Raspadori bosh bilan darvozani ishg'ol qilib, "Sassuolo"ga g'alaba keltirdi.
Eldor uchrashuv oxiriga qadar maydonda harakat qildi.
Italiya A seriyasi, 16-ur
Sassuolo – Jenoa 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 52 Boga, 1:1 – 64 Shomurodov, 2:1 – 83 Raspadori.
Sassuolo – Konsili, Rojerio, Myuldyur, Ferrari, Ayxan, Jurichich (Raspadori, 74), Manyanelli (Burabiya, 58), Berardi (Defrel, 35), Lokatelli (Obiang, 74), Boga, Kaputo (Traore, 58).
Jenoa – Perin, Dzappakosta, Masello (Gilone, 57), Krishito, Chiborra (Pyatsa, 57), Badel (Rovella, 58), Radovanovich, Lerager, Zayts (Destro, 82), Skamakka (Goldaniga, 71), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Krishito (12), Masello (23), Ayxan (39), Burabiya (59), Goldaniga (85), Myuldyur (86).

Bosh sahifaga
277