A seriya. Shomurodov «Sassuolo» darvozasiga gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243

Italiya chempionatining 16-turi doirasida "Jenoa" safarda "Sassuolo" klubi mehmoni bo'lmoqda. Birinchi bo'limdan so'ng hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa mezbonlar futbolchisi Jeremi Boga "Jenoa" himoyachisini aldab o'tib, jarima maydoniga kirdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi.
Bahsning 64-daqiqasida esa genuyaliklar hisobni tenglashtirishdi. O'ng qanotdan Gilone etkazgan uzatmani Eldor Shomurodov bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Bu Shomurodovning A seriya doirasidagi ikkinchi goli bo'ldi.
Gooooolll yorvordi Eldor#Shomurodov pic.twitter.com/iw0UOUEjbe
— Salokhiddin Abdilaziev (@abdilaziev) January 6, 2021 Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200