So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Navbahor» Turkiyadagi ikkinchi bahsda durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2344
Xabaringiz bor, ayni paytda Namanganning “Navbahor” klubi o'z o'quv- mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazmoqda. Mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat-sinov bahsini jamoamiz Ruminiyaning “Universitatya - Kluj” klubiga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol uchrashuvning 30-daqiqasida penaltidan urildi. O'n bir metrli jarima zarbasini serbiyalik himoyachi Slavko Lukich aniq amalga oshirdi.
Mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O'tkir Yusupov, Igor Golban, Hojiakbar Yunusov, Jahongir Mehmonov, Slavko Lukich, Abdujamol Isroilov, Shahzod Shaymanov, Abbos G'ulomov, Ivan Solovyov, Zafar To'raev, Aleksandr Kasyan.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Obid Jo'raboev, G'iyos Komilov, Bahodir Nasimov, Kamron Najafaliev, Jasur Azimov.
O'z o'rnida ta'kidlash joizki, ushbu bahsning 66-daqiqasida Abdujamol Isroilov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Natijada jamoamiz a'zolari maydonda bir kishi kam bo'lib qolishdi. Shunday bo'lsa-da, “lochinlar” g'alabani saqlab qolishning uddasidan chiqishdi.
“Navbahor” Antaliyada yana 2 ta nazorat-sinov uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. “Lochinlar”ning keyingi raqiblari Shveytsariya va Turkiya jamoalari bo'lishadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.