«Manchester Siti» yana a'zosida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

«Manchester Siti» klubining yana 3 a'zosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Darvozabon Skott Karson, yarim himoyachi Koul Palmer va xodimlardan biri topshirgan test musbat natija berdi. Ularning barcha 10 kunlik karantinga yuborildi.
Dekabr oyida "Manchester Siti"ning 9 a'zosida COVID-19 aniqlangan edi. Jumladan, ular orasida Gabriel Jezus, Kayl Uoker va Erik Garsiya ham kasallikka chalingan edi. Shu sabab "shaharliklar"ning "Everton" qarshi o'yini bekor qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, bugun — 6 yanvar, chorshanba kuni "Man Siti" Angliya liga kubogining yarim final bosqichi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190