Manba. O'zil Turkiya klubiga o'tishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

«Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O'zil Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Mirror xabariga ko'ra klub futbolchi uchun 3 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.
Mesut ayni damda yakka tartibda mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. Bunga sabab u mavsumning birinchi qismida umuman tarkibga kiritilmadi. Uning «kononirlar» safidagi hozirgi maoshi haftasiga 395 ming evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, jamoa bosh murabbiyi Arteta dekabrda O'zilga boshqa klublar bilan aloqaga chiqishi mumkinligini aytgandi.
Hozirda futbolchining transfer narxi atigi 5 millionni tashkil etmoqda.
Manba: MirrorFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203