Gvardiola De Bryuynening jamoada qolishiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Man Siti» ustozi Pep Gvardiola jamoa etakchilaridan biri Kevin de Bryuyne kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, Kevin biz bilan shartnomasi yakuniga etkunga qadar qoladi. Lekin biz unga hurmat saqlagan holda o'z shaxsiy qarorlarini chiqarishiga to'sqinlik qilmaymiz. Qaysi klubni tanlashi - bu uning xohishi.
Lekin men hali rahbariyat bilan bu masalada gaplashganim yo'q va yangi shartnoma borasida tayinli gap ayta olmayman. Kevin ham bizning hurmatimizni yaxshi anglab turibdi. Men uning kelajagi borasida ortiqcha xavotir olganim yo'q», - deydi Pep.
Eslatib o'tamiz, De Bryuynening «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Manba: goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195