«Tottenhem» futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

Londonning «Tottenhem» klubi kecha Angliya Liga kubogi yarim finali doirasida «Brentford»ni taslim etganidan xabaringiz bor (2:0).
Uchrashuv oxirlab borayotgan pallalarda mezbonlar a'zosi Per-Emil Xyoyberg raqib o'yinchisi bilan to'qnashuvda oyog'idan jiddiy jarohat oldi. Voqeadan so'ng uchrashuv bosh hakami raqib futbolchisini maydondan chetlatdi.
Xyoyberg shifokorlar ko'magidan so'ng o'yinga qaytmoqchi bo'lgandi, lekin Mourino bunga imkon bermadi. Jarohatning qanchalik jiddiy ekani hozircha ma'lum emas.
Ma'lumot uchun «Tottenhem» finalda Manchester klublari g'olibi bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177